Bundesliga. Autsayder “Bavariya"dan ochko tortib oldi

Eldor Akmurzayev
28 apr 2019
Germaniya chempionatining 31-turida peshqadai Bavariya mehmonda musobaqa jadvalining so'nggi o'rinlarida borayotgan Nyurnberg bilan to'qnash keldi.

Uchrashuvda hisobni mezbonlar ochdi. 58-daqiqada esa S.Gnabri muvozanatni tenglashtiradi. O'yinning so'nggi daqiqalarida esa Nyurnberg himoyachisi Tim Laybold jamoasiga g'alaba olib kelishi mumkin edi. Biroq, u raqib darvozasiga belgilangan penaltini aniq amalga oshira olmadi va uchrashuv durang bilan yakuniga etdi. 

Nyurnberg – Bavariya 1:1 (0:0, 1:1)

Maks-Morlok-Shtadion

Gollar: 1:0 – 48 Mateus Pereyra, 1:1 – 75 Gnabri.

Nyurnberg – Mateniya, Everton, Myul, Lyaybold, Bauer (Ilichevich, 88), Erras, Leven (Margraytter, 82), Kerk, Berens, Mateus Pereyra, Isxak (Tillmann, 72).

Bavariya – Ulrayx, Kimmix, Zyule, Xummels, Alaba, Alkantara, Goretcka, Koman, Martines (Xames, 57; Devis, 72), Levandovski, Myuller (Gnabri, 46).

Ogohlantirishlar: Everton (68), Devis (90), Zyule (90).


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: championat.asia