"Arsenal" futbolchisini "Nyurnberg"ga ijaraga berdi

Mirjalol Normatov
13 yanv 2020, 20:14
"Arsenal" himoyachisi Konstantinos Mavropanos faoliyatini Germaniyada davom ettiradi.

Ikkinchi Bundesliga vakili bo'lgan "Nyurnberg" 22 yoshli himoyachini mavsum yakuniga qadar ijaraga oldi.

Mavropanos 2018 yilning yanvarida "Arsenal"ga o'tgandi. O'sha vaqtdan buyon u jamoa tarkibida atigi 8 o'yinda, ushbu mavsumda esa faqatgina 1 o'yinda qatnashdi,

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: twitter.com/1_fc_nuernberg