

Qur'a tashlash marosimi Toshkent vaqti bilan soat 14:00da boshlanadi va unda OCH final bosqichida o'ynaydigan barcha mamlakat vakillari qatnashadi, - deb yoziladi O'FF rasmiy tvitterida.
Osiyo chempionatida Viktor Jalilov boshchiligidagi O'zbekiston olimpiya terma jamoasi qatnashadi.
Qatardagi qita birinchiligida ishtirok etuvchi jamoalar ro'yxati: Qatar, Avstraliya, Janubiy Koreya, Suriya, KXDR, Xitoy, Tailand, Saudiya Arabistoni, Eron, BAA, Yaman, Vetnam, Iroq, Iordaniya, O'zbekiston.
Biroq O'zbekistondan aynan kim ushbu qur'a tashlash marosimida ishtirok etishi xabar qilinmagan.




