Bugun tug'ilgan kunlar, tabriklaymiz!

Narzulla Saydullayev
26 may 2016, 10:51
Bugun bir qator futbol mutaxassislari va futbolchilarning tug'ilgan kunlari.

Ananamizga ko'ra barchani tabriklaymiz.

Biz bugun o'z tug'ilgan kunini nishonlayotgan barcha barchani tabriklaymiz. Ularga uzoq umr va mustahkam sog'lik tilaymiz!

"Mashal" klubi himoyachisi Siroj Hamroev 26 yoshga to'ldi.

"Lokomotiv" PFK Bosh direktori o'rinbosari To'labek Akramov bugun tavallud ayomini nishonlamoqda.

Futzal bo'yicha O'zbekiston terma jamoasi darvozaboni Rustam Umarov ham tug'ilgan kunini nishonlamoqda.

Jahon Axborot Agentligida faoliyat olib borayotgan ustoz fotograf Anvar Ilyosov 52 yoshga qadam qo'ydi.


O'zbekiston Milliy Olimpiya Qo'mitasi matbuot xizmati rahbari Shavkat Jalilov 42ga to'ldi.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia