Bugun "Qo'qon-1912" "Xo'jand"ga qarshi o'ynaydi

Narzulla Saydullayev
17 iyul 2019, 10:54
Chirchiq shahrida yig'in o'tkazayotgan “Qo'qon-1912” jamoasi kecha Pro liga “A” vakili “Oqtepa”ga qarshi o'rtoqlik uchrashuvida maydonga tushib, 3:1 hisobida raqibni dog'da qoldirgandi.

Aziz To'xtaboev shogirdlari bugun yana bitta nazorat uchrashuvini o'tkazishadi. Bu galgi raqib ancha jiddiy – Tojikistonning “Xo'jand” klubi.

Aytgancha, ikki jamoa sobiq Ittifoq birinchiliklarida (2-liga 7-mintaqa) to'rt bor to'qnash kelishgan. 1988 va 1989 yillari bo'lib o'tgan uchrashuvlarning ikkitasida Xo'jandliklarning qo'li baland kelgan bo'lsa, bitta bahsda vakillarimiz g'alaba qozonishgan. Bitta o'yinda esa hisob ochilmagan. Oradan 30 yil o'tib, bu jamoalar yana to'qnash kelishdi.

Bugungi bellashuv Bunyodkor akademiyasiga qarashli maydonda soat 18:30 da boshlanadi.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: kokand1912.uz