Bugun Pro liga yangi mavsumiga qur'a tashlash marosimi bo'lib o'tadi

Narzulla Saydullayev
12 mar 2021, 08:43
Bugun, 12 mart kuni Pro liganing 2021 yilgi mavsumiga qur'a tashlash marosimi o'tkaziladi.

Qur'a tashlash marosimi "International Hotel Tashkent" mehmonxonasida bo'lib o'tadi hamda 18:45 dan boshlab "Futbol-TV" telekanali orqali jonli efirga uzatiladi. 

Marosimda Pro liga klublari bosh murabbiylari, sardorlari hamda klub rahbarlari ishtirok etadi. Shuningdek, unda O'zPFL akkreditatsiyasiga ega OAV vakillari ham ishtirok etishlari mumkin.

Ma'lumot o'rnida aytib o'tish joiz, joriy mavsum Pro ligada "Neftchi", "Buxoro", "Dinamo", "Sho'rtan", "Yangier", "Olimpik", "Aral Samali", "Oq-tepa", "Xorazm", "Istiqlol" jamoalari ishtirok etadi. 


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia