Bugun O'zbekiston Olimpiya terma jamoasi Osiyo o'yinlaridagi ishtirokini boshlaydi

Aziz Tukhtamuradov
14 avg 2018, 09:50
Yana to'rt kundan so'ng Indoneziyaning Jakarta va Palembang shaharlarida XVIII Osiyo o'yinlari rasman start oladi.

Bazi sport turlarida esa bahslar allaqachon boshlanib ketgan. Jumladan futbol bo'yicha bellashuvlarda birinchi tur uchrashuvlari bo'lib o'tmoqda.

B guruhidan o'rin olgan O'zbekiston olimpiya terma jamoasi bugun musobaqadagi ishtirokini boshlaydi. Futbolchilarimiz bugun Bangladesh terma jamoasiga qarshi o'yin o'tkazadilar. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan soat 14:00da boshlanadi.

O'xshash yangiliklar


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: olympic.uz