

Bazi sport turlarida esa bahslar allaqachon boshlanib ketgan. Jumladan futbol bo'yicha bellashuvlarda birinchi tur uchrashuvlari bo'lib o'tmoqda.
B guruhidan o'rin olgan O'zbekiston olimpiya terma jamoasi bugun musobaqadagi ishtirokini boshlaydi. Futbolchilarimiz bugun Bangladesh terma jamoasiga qarshi o'yin o'tkazadilar. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan soat 14:00da boshlanadi.



