Bugun O'zbekiston MTJ AQSH bilan o'ynaydi

Aziz Tukhtamuradov
9 sen 2023
Bugun O'zbekiston Milliy terma jamoasi Sent-Luisda AQSH terma jamoasiga qarshi o'rtoqlik o'yinini o'tkazadi.

O'yin Toshkent vaqti bilan tunda (9 sentyabrdan 10 sentyabrga o'tar kechasi) soat 02:30da boshlanadi.

Ma'lumot uchun, bu terma jamoalar o'rtasidagi ilk uchrashuv hisoblanadi. 

AQSH terma jamoasi ayni paytda jahon reytingida 11, O'zbekiston esa 74-o'rinni egallab turibdi. 


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: championat.asia