Bugun MYUda 12 yildan buyon o'ynayotgan futbolchi jamoadagi so'nggi uchrashuvini o'tkazadi

Mirjalol Normatov
13 may 2018, 11:44
Bugun APLning so'nggi 38-tur uchrashuvlari bo'lib o'tadi.

Unda "Manchester Yunayted" o'z maydonida "Uotford" jamoasini qabul qiladi. Bu bahs "qizil iblislar"ning 36 yoshli yarim himoyachisi Maykl Kerrik uchun so'nggisi bo'ladi.

Aslida Kerrik o'tgan mavsumdayoq faoliyatini yakunlamoqchi bo'lgandi. Biroq Joze Mourinyo buni istamadi va bu holat bir yilga kechikishini xohladi.

Maykl 2006 yildan buyon MYU safida harakat qilmoqda. Jamoa tarkibida 315 uchrashuvda qatnashgan va 17 gol kiritgan.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: championat.asia