Bugun “Liverpul” safini to'ldirgan futbolchi yakshanba kuni APLda debyut qilishi mumkin

18 sen 2020, 23:30
Bir necha soat ilgari “Liverpul”ning yangi a'zosiga aylangan ispaniyalik yarim himoyachi Tyago Alkantara yangi jamoasi safida yakshanba kuni ilk uchrashuvini o'tkazishi mumkin.

BT Sport xabariga ko'ra, “Liverpul” futbolchini APL bahslari uchun “zayavka”dan o'tkazishga ulgurgan. 

“Chelsi” – “Liverpul” uchrashuvi 20 sentyabr, yakshanba kuni bo'lib o'tadi. 

Alkantara bugun “Bavariya”dan “Liverpul”transfer qilindi. Ingliz klubi futbolchining transferi uchun salkam 22 million evro to'lab beradi.

O'xshash yangiliklar


Manba: BT Sport