Bugun Jahon chempionatlarining mutloq rekordi o'rnatiladi

Tolibjon Qosimov
25 iyun 2018, 18:43
Birozdan so'ng JCH-2018 3-tur "A" guruhi doirasida Saudiya Arabistoni - Misr o'yini bo'lib o'tadi.

Oldinroq saytimiz orqali ana shu uchrashuvda mundiallarning mutloq rekordi qayd etilishi mumkinligi haqida xabar bergan edik.

Misrliklar bosh murabbiyi Ektor Kuper asosiy tarkibda 45 yoshli darvozabon Essam El-Xadarini tushirishga qaror qildi. Agar kiper chigalyozdi mashqlarida kutilmagan jarohat olmasa asosiy tarkibda tushadi va Jahon chempionatlari tarixidagi eng yoshi katta futbolchiga aylanadi. El-Xadari 45 yosh 161 kunlik.


Hozirgi rekord kolumbiyalik darvozabon Farid Mondragonga tegishli. U 43 yoshida mundialda o'ynagan.

O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: championat.asia