Bugun futbol. "Metallurg" - "Dinamo"

Xayrulla Xoliqov
17 may 2022, 14:03
Bugun bo'lib o'tadigan uchta o'yin bilan Superliga 9-tur uchrashuvlari davom ettiriladi.

Bekobodda "Metallurg" Samarqandning "Dinamo" klubini qabul qiladi. Turnir jadvalida jamoalar yonma-yon o'rinlarni egallab turibdi. "Metallurg" 7 ochko bilan 11, "Dinamo" esa 6 ochko to'plagan holda 12-o'rinda kelyapti. 

"Metallurg" mavsumni g'alaba bilan boshladi va ilk turdagi g'alaba hamon yagonaligicha qolmoqda Jamoa o'shanda o'z maydonida AGMKdan 1:0 hisobida ustun kelgandi. Shundan beri bekobodliklar 6ta o'yinda maydonga tushib, 4 durang va ikki mag'lubiyat qayd etishdi. Jamoaning to'plar nisbati 4-6

Biroz tanaffusdan so'ng yana Superligaga qaytgan "Dinamo" ham hozircha faqat bir marta g'alaba qozongan. "Dinamo" o'z maydonida "Lokomotiv"dan ustun kelgandi. Qolgan o'yinlarda esa jamoa hisobida 3 durang va 4 mag'lubiyat bor. To'plar nisbati 6-9

Bilasizmi? Har ikki jamoani ham bugungi kunda xorijlik murabbiy boshqarmoqda. "Metallurg"da ispaniyalik Luisma Ernandes ishlayotgan bo'lsa, "Dinamo"ni serbiyalik Predrag Rogan boshqaryapti. Bu tomonlama ham bugungi o'yin qiziq kechishi kutilmoqda. Har holda chet ellik murabbiylarning qo'llaydigan taktikasi qiziqishni oshiradi. 

17 may, seshanba. 19:00

METALLURG – DINAMO

Hakamlar: Aziz Asimov, Olim Abduvosilov, Ruslan Serazitdinov, Sanjar Nazarov

Nazoratchi: Baxtiyor Namozov

Komissar: Oybek Yunusov

O'xshash yangiliklar


Xayrulla Xoliqov Muallif
Manba: championat.asia