Bugun futbol. "Lokomotiv" - "Qizilqum"

Narzulla Saydullayev
13 may 2017, 14:15
Bugun oliy liganing 10-turidan o'rin olgan yana uchta bahs o'tkaziladi. O'zbekistonning amaldagi chempioni "Lokomotiv" o'z maydonida "Qizilqum"ni qabul qiladi. Uchrashuv 18:00da boshlanadi.

Oliy liga. 10-tur. 13 may
Lokomotiv (Toshkent) – Qizilqum (Navoiy)
Hakamlar:
SH. Qosimov (Toshkent), T. Galeev (Toshkent), A. Po'latov (Toshkent), D. Klepikov (Toshkent)
Nazoratchi: SH. Jumaev (Shahrisabz).
O'zPFL vakili: F. Magametov.

O'yindan nima kutyapmiz? Bu yil ham chempionlik uchun harakat qilayotgan "Lokomotiv" bugun "Qizilqum"ga qarshi bahs olib boradi. "Lokomotiv" bungacha safarda "Navbahor" bilan 2:2 o'ynab, undan keyin OCHLda 0:4 hisobida mag'lub bo'ldi va guruhdan chiqa olmadi. Bugungi o'yin ham "temiryo'lchilar" uchun navbatdagi sinov bo'ladi. "Qizilqum" oliy ligada o'ziga yarasha kuchli klublardan biri. Albatta, bugungi bellashuvda imkoniyat ko'proq "Loko" tomonida, biroq navoiyliklar ham qarab turishmasa kerak.

Fakt: Bu o'yin “Lokomotiv” uchun o'z maydonidagi beshinchi bahs bo'ladi. “Temiryo'lchilar” avvalgi to'rtta o'yinning barchasida g'olib bo'lishgan. “Loko” shu paytgacha o'z maydonida “So'g'diyona” (3:0), “Olmaliq” (5:0), “Nasaf” (2:1) va “Obod” (7:0) klublarini mag'lub etgan. To'plar nisbati 17-1.


 
Bilasizmi? “Lokomotiv” oliy ligada qatorasiga to'rtta o'yindan beri mag'lub bo'lmay kelmoqda. Jamoa hisobida uchta g'alaba va bir durang bor.

Bilasizmi? O'tgan turda ikkala jamoa ham durang qayd etdi. “Loko” safarda “Navbahor” bilan 2:2, “Qizilqum” esa Toshkentda “Obod” bilan 1:1 o'ynadi.

Fakt: “Qizilqum” bugun safarda 6-o'yinida maydonga tushadi. Jamoa avvalgi beshta o'yinning faqat bittasida g'alaba qozonib, ikki bor mag'lub bo'ldi va ikkita o'yinda durang o'ynadi.
 
Fakt: “Qizilqum” oxirgi to'rt o'yindan beri faqat durang o'ynayapti. Bu jamoa oxirgi marta safarda “Bunyodkor” ustidan 1:0 hisobida g'alaba qozongan.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia