

Fransiyada bir yo'la ikkita uchrashuv bilan 13-tur bahslari boshlanadi. Mavsumni muvaffaqiyatsiz boshlagan "Lill" o'z uyida yuqori pog'onalarda borayotgan "Sent-Eten"ni qabul qiladi. PSJni taqib qilayotgan "Monako" esa liga debyutanti "Amen" mehmoni bo'ladi.

Germaniyada esa qiziqarli o'yin bo'ladi. "Mersedes Benz" arenada "Shtutgart" klubi so'nggi paytlarda g'alaba nimaligini bilmay yurgan Dortmundning "Borussiya" klubini qabul qiladi. "Shtutgart" bu mavsum o'z maydonida hali hech kimga yutqazgani yo'q.

Ispaniyadan ajralib chiqmoqchi bo'lgan Kataloniyaning "Jirona" klubi o'z maydonida "Real Sosedad"ni qabul qiladi. O'tgan turlardan birida "Real Madrid"ni taslim qilgan "Jirona" ko'pchilikning tiliga tushdi.




