Bugun Evro-2020 saralash bahslari start oladi. Birinchi o'yin Qozog'istonda

Narzulla Saydullayev
21 mar 2019
Bugun Yevropa qitasida keyingi yil bo'ladigan Evro-2020 musobaqasiga saralash o'yinlari boshlanadi.

Toshkent vaqti bilan soat 20:00da Qozog'iston - Shotlandiya uchrashuvi bilan saralash o'yinlari rasman start oladi.

Rossiya terma jamoasi Belgiya mehmoni bo'ladi. Jahon vice-chempionlari Xorvatiya terma jamoasi o'z maydonida Ozarbayjonni qabul qiladi.

O'tgan Yevropa chempionatida ishtirok eta olmagan Gollandiya terma jamoasi Rottyerdamda Belarus bilan kuch sinashadi.

22 mart kuni Angliya - Chexiya o'rtasidagi bahs qiziqarli kechishi kutilmoqda. Krishtianu Ronaldu boshchiligidagi Portugaliya esa o'z maydonida Ukrainani qabul qiladi. Jahon chempioni Fransiya esa Kishinyov shahrida Moldova mehmoni bo'ladi.

23 mart kuni 1-tur yakuniga etadi. Shu kuni Ispaniya "Mestalya" stadionida Norvegiya bilan o'ynaydi. Chezare Prandelli boshchiligidagi "Skuadra Adzurra" Finlyandiya bilan kuch sinashadi.



EVRO-2020 saralashi. 1-tur


 21 mart

20:00

Qozog'iston – Shotlandiya

“I” guruhi

 21 mart

22:00

 Kipr – San-Marino

“I” guruhi

 21 mart

00:45

 Belgiya - Rossiya

“I” guruhi

 21 mart

00:45

Gollandiya - Belarus

“C” guruhi

 21 mart

00:45

Shim.Irlandiya - Estoniya

“C” guruhi

 21 mart

00:45

Xorvatiya - Ozarbayjon

“E” guruhi

 21 mart

00:45

Slovakiya - Vengriya

“E” guruhi

 21 mart

00:45

Avstriya - Polsha

“G” guruhi

 21 mart

00:45

Isroil - Sloveniya

“G” guruhi

 21 mart

00:45

Makedoniya - Latviya

“G” guruhi



 22 mart

22:00

Bolgariya - Chernogoriya

“A” guruhi

 22 mart

00:45

Angliya - Chexiya

“A” guruhi

 22 mart

00:45

Portugaliya - Ukraina

“B” guruhi

 22 mart

00:45

Lyuksemburg - Litva

“B” guruhi

 22 mart

00:45

Moldova - Fransiya

“H” guruhi

 22 mart

00:45

Albaniya - Turkiya

“H” guruhi

 22 mart

00:45

Andorra - Islandiya

“H” guruhi


 23 mart

19:00

Gruziya - Shveytsariya

“D” guruhi

 23 mart

22:00

Gibraltar - Irlandiya

“D” guruhi

 23 mart

22:00

Shvetsiya - Ruminiya

“F” guruhi

 23 mart

22:00

Malta - Farer orollari

“F” guruhi

 23 mart

00:45

Ispaniya - Norvegiya

“F” guruhi

 23 mart

00:45

Italiya - Finlyandiya

“J” guruhi

 23 mart

00:45

Bosniya - Armaniston

“J” guruhi

 23 mart

00:45

Lixtenshteyn - Gretsiya

“J” guruhi


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia