Van Ginkel "Chelsi"dan ketdi

Mirjalol Normatov
5 iyun 2021, 15:51
Gollandiyalik himoyachi Marko van Ginkel "Chelsi"ni tark etdi.

Bu haqda "Daily Mail" xabar bermoqda. Tomonlar o'rtadagi kelishuvni bekor qildi. O'tgan mavsumni 28 yoshli futbolchi PSV tarkibida ijarada o'tkazdi. Bunga qadar 2 yilni u sog'lig'i sababli futboldan tashqarida o'tkazdi.

Marko 8 yil oldin "Vitess"dan Londonga ko'chib o'tgandi. O'sha vaqtdan buyon u asosiy jamoa tarkibida 4 o'yinda qatnashdi holos.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Daily Mail