Bugun Alisher Fayz terma jamoamizni stadiondan qo'llab-quvvatlaydi

Narzulla Saydullayev
15 noya 2016, 10:13
Bugun JCH-2018 saralashi doirasidagi Janubiy Koreya - O'zbekiston uchrashuvi bo'lib o'tadi.

Uchrashuvda O'zbekiston terma jamoasini qo'llab-quvvatlash maqsadida Janubiy Koreyaga 200ga yaqin muxlis uchib borgani haqida xabar berdik. Bugungi bahsda terma jamoamizni O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan artist Alisher Fayz ham Seul shahridagi "Seoul World Cup" stadionidan turib qo'llab-quvvatlaydi.

Eslatib o'tamiz, Janubiy Koreya - O'zbekiston uchrashuvi Toshkent vaqti bilan soat 16:00da boshlanadi.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia