Bugun AGMK “Spartak” bilan o'ynaydi

Eldor Akmurzayev
22 yanv 2023, 08:45
Bugun, 22 yanvar kuni AGMK Dubaydagi yig'ini doirasida navbatdagi uchrashuvini o'tkazadi.

Raqib Moskvanin “Spartak” jamoasi bo'ladi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan 18:15 da “Jabil Ali” maydonida boshlanadi.

Olmaliqlar bundan oldin “Shabab Al Ahli”ga 0:1 hisobida yutqazib, BAAning “Al Hamriah” jamoasini 1:0 natijasi bilan mag'lub etishgandi.

Avvalroq, AGMK yig'iniga "Surxon"da o'ynagan ispaniyalik hujumchi Ruben Sanches qo'shilgani haqida xabar bergandik.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Championat.asia