Bu qiziq! Andorra o'z tarixida ilk marta ketma-ket ikki o'yinda g'alabaga erishdi

Mirjalol Normatov
29 mar 2022, 01:43
Andorra termasi o'z uyida Grenadani kichik 1:0 hisobida mag'lub etdi.

Qayd etish kerak, 1996 yili o'z tarixida ilk marta o'yinini o'tkazgan andorraliklar ilk marta ketma-ket ikki bahsda g'alabaga erishdi. 

26 mart kuni Sent-Kits va Nevis termasini mag'lub etgan Andorra yaqindagina Grenadani dog'da qoldirdi. Ikki bahs ham kichik 1:0 hisobi bilan yakunlandi.

Yana bir ma'lumot, bu Andorra termasi tarixidagi 10-g'alaba hisoblanadi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: championat.asia