Bu daxshat! Germaniya to'rtinchi divizioni o'yiniga qancha muxlis keldi? FOTO

Narzulla Saydullayev
17 okt 2017, 16:54
Germaniyaning 4-divizionida tomoshabinlar tashrifi bo'yicha rekord qayd etildi: Augsburg II – Myunxen-1860 uchrashuviga 21 219 tomoshabin keldi.

Myunxenliklar o'tgan mavsumda Germaniya 2-divizionida ishtirok etishardi, ammo uchinchi divizionda ishtirok etish uchun pul topa olishmadi. Shu tariqa ular Bavariya regional ligasida o'ynay boshlashdi. Myunxen-1860 1980-1990 yillarda shu divizionda o'ynagan. Augsburgga qarshi o'yin esa – bu derbi. Uchrashuvdan keyin ikkala jamoa muxlislari xatto ko'chada ham janjal qilishdi va natijada policiya aralashishga majbur bo'ldi.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia