

Bu nemis darvozabonining myunxenliklar safida LCHda asosiy tarkibda o'tkazgan 136-o'yinidir. U "Barselona"ning sobiq hujumchisi Lionel Messi bilan bir klub safida Chempionlar ligasida asosiy tarkibda o'tkazilgan o'yinlar soni bo'yicha tenglashdi, deb xabar beradi Opta.
Bir klub safida Chempionlar ligasida asosiy tarkibda eng ko'p o'yin o'tkazgan futbolchi - "Real"ning sobiq sardori Iker Kasilyas (149 o'yin) hisoblanadi.



