Brunu, Reshford, Salah... APLda dekabr oyining eng yaxshi o'yinchisi bo'lish uchun nomzodlar e'lon qilindi

Tolibjon Qosimov
8 yanv 2021, 17:03
Angliya Premer-ligasida dekabr oyining eng yaxshi futbolchisi bo'lish uchun nomzodlar ro'yxati e'lon qilindi.

Ro'yxatdan MYU va "Aston Villa"dan ikkitadan, "Byornli", "Vest Xem", "Liverpul" va "Manchester Siti"dan bittadan o'yinchi joy olgan.

APLda dekabr oyining eng yaxshi o'yinchisi bo'lish uchun nomzodlar:

1. Anvar El Gazi ("Aston Villa") - 5 o'yin, 3 g'alaba, 2 durang, 5ta gol;

2. Brunu Fernandesh ("Manchester Yunayted") - 6 o'yin, 4 g'alaba, 2 durang, 3ta gol + 4ta golli pas;

3. Emiliano Martinez ("Aston Villa") - 5 o'yin, 3 g'alaba, 2 durang, 4ta quruq o'yin + 22ta seyv;

4. Ben Mi ("Byornli") - 6 o'yin, 3 g'alaba, 2 durang, 1 mag'lubiyat, 1ta gol + 3ta quruq o'yin;

5. Markus Reshford ("Manchester Yunayted") - 6 o'yin, 4 g'alaba, 2 durang, 5ta gol;

6. Muhammad Salah ("Liverpul") - 6 o'yin, 3 g'alaba, 3 durang, 5ta gol, 2ta golli pas;

7. Tomash Souchek ("Vest Xem") - 6 o'yin, 1 g'alaba, 3 durang, 2 mag'lubiyat, 3ta gol;

8. Jon Stouns ("Manchester Siti") - 4 o'yin, 3 g'alaba, 1 durang, 4ta quruq o'yin.


Angliya Premer-ligasi turnir jadvali >>>>> APL

APL oy futbolchisiga siz ham ovoz berishingiz mumkin. Buning uchun quyidagi linkga kirasiz >>>>> Ovoz berish


O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: Championat.asia