Brunu Fernandeshning vakillari Saudiya Arabistoni klubi bilan muzokaralarni boshladi

Alisher Ostonov
11 may 2025, 15:31
"Manchester Yunayted" o'yinchisi Brunu Fernandesh faoliyatini Saudiya Arabistonida davom ettirishi mumkin.

Portugaliyalik futbolchiga "Al-Hilol" qiziqish bildirmoqda.

Yarim himoyachining vakillari Yaqin Sharq klubi rahbariyati bilan uchrashdi, deya xabar bermoqda insayder Sasha Tavoleri. Manbaga ko'ra, futbolchiga 3 yillik shartnoma taklif qilingan. Tomonlar ish haqi miqdorini muhokama qilishmoqda.

Fernandesh mankunianliklar safida 2020 yildan buyon o'ynamoqda. Uning bozor qiymati 55 mln evroga baholanmoqda.

O'xshash yangiliklar


Alisher OstonovMuallif
Manba: x.com/sachatavolieri