Brunu Fernandesh taxminan 1 oyga safdan chiqdi - OAV

Sherzod Nurmatov
22 dek 2025, 17:36
"Manchester Yunayted" yarim himoyachisi Brunu Fernandesh "Aston Villa"ga qarshi Angliya chempionatining 17-tur o'yinida olgan jarohati sabab taxminan 1 oy maydonga tusholmaydi.

Bu haqda "The Telegraph" xabar berdi.

Yakshanba kuni Birmingemda bo'lib o'tgan uchrashuv "Yunayted"ning 1:2 hisobidagi mag'lubiyati bilan yakunlandi, Fernandesh esa tanaffusda almashtirildi. O'yindan so'ng mankunianlar bosh murabbiyi Ruben Amorim 31 yoshli portugaliyalik futbolchining yumshoq to'qimalari shikastlanganini ma'lum qildi. Nashr ma'lumotlariga ko'ra, Fernandesh taxminan 1 oy maydonga tusha olmaydi.

Fernandesh joriy mavsum MYU tarkibida 18 o'yin o'tkazib, 5 ta gol urdi hamda 7 ta golli uzatma amalga oshirdi.

Amorim shogirdlari 26 ochko bilan Premer-liga turnir jadvalida 7-o'rinni egallab turibdi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: The Telegraph