

"Krishtianu yuqori darajadagi futbolchi bo'lib qolaveradi.
U himoyachilarni qo'rquvda ushlaydi va jamoadoshlariga hudud ochib beradi. Agarda Krishtianu o'ynamaydigan bo'lsa-yu, Ramush maydonga tushsa, u pressingda va diagonal yugurishda zo'r.
Bilaman, odamlar Portugaliya termasi Ronaldusiz yaxshiroq, erkinroq o'ynaydi. Agarda bu rostdan ham shunday bo'lsa, bizning aybimiz bo'ladi. Krishtianu maydonda yoki tashqarisida bo'lsa ham u doimo jamoaga yordam beradi", - dedi Brunu Fernandesh.



