“Breshiya” Grossoga chiqish eshiklarini ko'rsatdi

Fabio Grosso “Breshiya” bosh murabbiyligidan iste'foga chiqarildi.

Xabar berishlaricha, uning o'rnini Eujenio Korini egallaydi. Qizig'i, Grosso jamoaga kelishidan oldin ham aynan Korini “Breshiya”ni boshqarib kelayotan edi.

A seriyaning 13 ta turidan keyin “Breshiya” 7 ochko to'plab turnir jadvalining eng so'nggi pog'onasini egallab turibdi.


Manba: "Брешия" расмий сайти