"Lion" Grossoning iste'fosini e'lon qildi

Оқил Абдубарноев
30 noya 2023, 21:18
Italiyalik mutaxassis Fabio Grosso "Lion" bosh murabbiyi lavozimini tark etdi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.

46 yoshli Grosso shu yilning sentyabr oyidan buyon jamoani boshqarib kelayotgandi. Uning qo'l ostida “Lion” etti uchrashuv o'tkazib, faqat bittasida g'alaba qozondi, ikkita durang o'ynab, to'rt bor mag'lubiyat alamini totib ko'rgan.

12 turdan keyin “Lion” Fransiya chempionati turnir jadvalida atigi 7 ochko bilan oxirgi o'rinda bormoqda.

2 dekabr kuni “Lion” mehmonda “Lans” bilan uchrashadi. 13-tur bahsi Toshkent vaqti bilan soat 21:00ga belgilangan.

O'xshash yangiliklar


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: ol.fr