"Lion"ga bosh murabbiy tayinlandi

Sherzod Nurmatov
16 sen 2023, 16:25
Italiya terma jamoasi sobiq himoyachisi Fabio Grosso "Lion" bosh murabbiyiga aylandi.

Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.

Tomonlar yana bir mavsumga uzaytirish imkoniyati bilan 2024 yilning 30 iyuniga qadar shartnoma tuzdilar. 

Grosso jamoa boshqaruvida Loran Blanning o'rnini egalladi.

Jamoa 4 turdan keyin Fransiya chempionatida 1 ochko bilan so'nggi 18-o'rinni egallab turibdi. 

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: ol.fr