"Brentford" bosh murabbiyi Frank kelajagi haqida: "Shundoq ham dunyoning eng yaxshi klubidaman. "Manchester Yunayted"da nima bor?"

Omonjon To`xtamirzayev
24 okt 2024, 19:45
Tomas Frank faoliyatini "Manchester Yunayted"da davom ettirishi haqidagi mish-mishlarga izoh berdi.

Avvalroq, "Brentford" bosh murabbiyi Erik ten Xag ishdan ketgan taqdirda, uning kursisi uchun asosiy nomzodlardan biri ekanligi aytilgandi.

"Balki, men hozirning o'zida dunyoning eng yaxshi klubidadirman. Boshqa gaplarga o'rin yo'q. Yetakchilik hususiyatlari, madaniyat bo'yicha [Eng yaxshisi]. Shunday ekan, bu yerdan kyetib nima qilaman?

Hayotda hamma narsa bo'lishi mumkin. Bazida sizga motivaciya uchun o'zgarishlar kerak bo'ladi, ammo bazan uni klubni alishtirmay ham topish mumkin.

Albatta, qachondir meni katta klubga taklif qilishsa va u erga o'tishga qaror qilsam, u meni baxtliroq qilishi aniq emas-ku. O'ylashimcha, buni hamma biladi.

Bazan yangi chaqiruvlarga tayyor bo'lish zarur, lekin bu holat men istaganimdek emas. Hozir MYU haqida o'ylamayapman", – dedi Tomas Frank.

O'xshash yangiliklar


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: the Sports Agents