"Brentford" 1-taymda "Manchester Yunayted"ga 4ta gol urgan uchinchi jamoaga aylandi

Mirjalol Normatov
14 avg 2022, 13:28
"Manchester Yunayted" kecha APLning 2-turida "Brentford"ga 0:4 hisobida mag'lub bo'ldi.

Qayd etish kerak, mankunianliklar birinchi taymning o'zidayoq barcha gollarini o'tkazib bo'lgandi. Shu orqali "Brentford" 1-bo'limda "Manchester Yunayted" darvozasiga 4ta gol urgan uchinchi jamoaga aylandi.

Bunga qadar "Tottenxem" 2020 yilda, "Liverpul" esa 2021 yilda shunday natija qayd etgandi.

Ayni damda MYU APL turnir jadvalida so'nggi o'rinni egallab turibdi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal