Brendan Rojersning murabbiy sifatida APL klublaridagi debyutiga havas qilib bo'lmaydi

3 mar 2019, 22:19
"Lester" jamoasining yangi murabbiyi Brendan Rojers "Uotford"ga qarshi o'yinda muvaffaqiyatsizlikka uchradi.

Uchrashuvning 90-daqiqasida Andre Grey g'alaba to'pini kiritdi va hisob 2:1 ko'rinishini oldi. Shu tariqa, Rojers APLning 5 ta klubidagi debyutida g'alaba qozona olmadi. Bunga qadar Rojers "Liverpul" (mag'lubiyat), "Suonsi" (mag'lubiyat), "Reding" (durang), "Uotford" (durang) klublari bilan ham o'zining ilk o'yinida g'olib bo'la olmagan edi.

 

O'xshash yangiliklar


Manba: twitter.com/GracenoteLive