

Oldinroq xabar berilganidek, Mourinyuning iste'fosi "Tottenxem"ga 30 mln funtga tushadi. Klub prezidenti Deniel Levi qarorni mavsum so'nggida qabul qilmoqchi edi. Tez orada rasmiy ma'lumot berilishi kutilmoqda.
London jamoasi so'nggi 6ta o'yinda atigi 1 ochko to'pladi. Bu davrda "Tottenxem" Yevropa Ligasini ham tark etdi.
"Tottenxem" APLda 50 ochko to'plagan holda 7-o'rinda bormoqda.
Xabarlarga ko'ra, portugaliyalik mutaxassis Yevropa Superligasiga qarshi chiqqan va bu ham iste'foga sabab bo'lgan.



