Breaking! Koreya Respublikasi ham 2031 yilgi Osiyo Kubogiga mezbonlik qilmoqchi

Sherzod Nurmatov
28 fev 2025, 14:00
Koreya futbol assotsiatsiyasi (KFA) 2031 yilda Osiyo Kubogiga mezbonlik qilish niyatida ekanligini ma'lum qildi.

Koreya tomonining ma'lum qilishicha, ular payshanba kuni OFKga ariza yuborgan. 

Ma'lumot uchun, arizalarni qabul qilishning oxirgi muddati juma edi. 

Mamlakat Osiyo Kubogini oxirgi marta 1960 yilda, so'nggi chempionligini nishonlagan paytda o'zida o'tkazgan. 

Xabaringiz bor, Osiyo Kubogi-2031 musobaqasini O'zbekiston, Tojikiston va Qirg'iz Respublikasi birgalikda o'tkazish niyatida. Shuningdek, Avstraliya, Birlashgan Arab Amirliklari, Kuvayt va Indoneziya ham o'z arizalarini OFKga taqdim etgan.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: en.yna.co.kr