Breaking: Golden Boy-2019 g'olibi ma'lum bo'ldi

Alisher
27 noya 2019, 16:37
"Atletiko" futbolchisi Joau Feliks Golden Boy mukofotini qo'lga kiritdi.

Portugaliyalik futbolchi bu mukofot uchun bo'lgan kurashda "Borussiya" (Dortmund)dan Jeydon Sancho va "Bayer" futbolchisi Kay Xavercdan ustun keldi.

Bu sovrin Yevropaning 21 yoshgacha bo'lgan eng yaxshi futbolchisiga beriladi.

Yozda "Benfika"dan "Atletiko"ga o'tgan Joau Feliks Madrid klubi tarkibida barcha musobaqalarda 11ta o'yinda maydonga tushib, 3ta gol va 1ta assist qayd etdi.

G'olib, bugun Rimda tantanali marosimda aniqlandi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Goal