Braziliya TJ yulduzlaridan biri JCH-2022'ni o'tkazib yuboradi

Eldor Akmurzayev
7 noya 2022, 08:30
Filippe Koutino “Aston Villa” ixtiyorida jarohat oldi.

U 4 boshli muskulidan jarohatlangan. Buni jamoa ustozi Unai Emeri ham tasdiqladi. U joriy mavsum APL hamda kubokda umumiy 13 ta bahsda qatnashdi.

Mavsumni ko'ngildagidek o'tkazmayotganiga qaramay, 30 yoshli hujumkor futbolchi Braziliya TJ ustozi Titening ishonchiga kirgandi. Ammo endi u Qatardagi mundialni o'tkazib yuborishi aniq bo'lmoqda.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: The Athletic