Braziliya terma jamoasining yangi murabbiyi ma'lum

Khoja
8 yanv 2024
Braziliya terma jamoasining yangi bosh murabbiyi Dorival Junior bo'ladi.

Shu sababli “San Paulo” o'z murabbiyiga iste'fo berdi.

“Orzum amalga oshmoqda. “San Paulo”dagi ishlarim orqali meni Braziliya termasining bosh murabbiyi qilishmoqda”,-deb fikr bildirgan Dorival Junior.

Ma'lumot uchun, Dorival Junior “San Paulo”ni o'tgan yilning aprel oyidan beri boshqarib keladi. Uning qo'l ostida jamoa Braziliya kubogini qo'lga kiritdi. Shuningdek, 61 yoshli mutaxassis 2022 yilda “Flamengo” bilan birgalikda Libertadores kubogida g'alaba qozongan.


KhojaMuallif
Manba: sports.ru