Braziliya terma jamoasi shifokori: "Koutinoda stress, u "Barselona"ga o'tmoqchi"

Aslanov Jasurbek
29 avg 2017, 11:56
"Liverpul" yarim himoyachisi Filippe Koutino JCH-2018 saralash uchrashuvlari doirasida Braziliya terma jamoasiga yordam berishi mumkin.

Bu haqda milliy jamoa shifokori Mikael Simoni maulm qildi. Titi shogirdlari 1 sentyabr kuni o'z maydonida Ekvador terma jamoasini qabul qiladi, 4 kundan so'ng esa ular kolumbiyaliklar mehmoniga aylanishadi.

"Koutino xotirjam emas. Unda jarohat yo'q. Shunday ekan, Koutino Braziliya terma jamoasi safida maydonga tushishi mumkin, unda shunchaki stress. Futbolchining kelajagi so'roq ostida. Qayerda o'ynashingni bilmasang, o'zingga ishonch kamayadi. Koutino "Barselona"ga o'tmoqchi" - deydi Simoni.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: AS