Braziliya terma jamoasi kelayotgan o'rtoqlik uchrashuvlar uchun tarkibni ma'lum qildi

20 sen 2019, 20:50
Braziliya termasi Nigeriya va Senegal bilan o'tkaziladigan uchrashuvlar uchun qaydnomasini e'lon qildi.

Braziliyaliklar 10 oktyabr kuni Senegal, 13 oktyabr kuni Nigeriyaga qarshi o'ynayshadi.


Darvozabonlar: Ederson (Manchester Siti), Santos (Atletiko Paranaense), Veverton (Palmeyras).

Himoyachilar: Dani Alves (San-Paulu), Renan Lodi (Atletiko), Eder Militao (Real), Rodrigo Kayo (Flamengo), Tiago Silva, Markinos (ikkalasi – PSJ), Danilo, Aleks Sandro (ikkalasi – Yuventus).

Yarim himoyachilar: Kazemiro (Real), Fabino (Liverpul), Artur (Barselona), Mateus Enrike (Gremio), Lukas Paketa (Milan), Filippe Koutino (Bavariya).

Hujumchilar: Neymar (PSJ), Risharlison (Everton), Gabriel Jezus (Manchester Siti), Roberto Firmino (Liverpul), Gabriel Barbosa (Flamengo), Everton (Gremio).

O'xshash yangiliklar


Manba: cbf.com.br