"Brayton" darvozaboni Rayan La Ligaga yo'l oldi

Alisher
13 iyul 2021
"Brayton" darvozaboni Mettyu Rayan faoliyatini Ispaniyada davom ettiradi.

"Real Sosedad" 29 yoshli avstraliyalik darvozabon bilan shartnoma imzolanganini e'lon qildi.

Mettyu bilan tuzilgan bitim bir yilga uzaytirish imkoniyati bilan 2022/23 yilgi mavsum so'nggiga qadar mo'ljallangan.

Rayan o'tgan mavsum Angliya chempionati doirasidagi 14ta o'yinda maydonga tushib, o'z darvozasidan 21ta to'p olib chiqdi.


AlisherMuallif
Manba: realsociedad.eus