Branko Ivankovich "Al Ahli"ni boshqaradi

Xayrulla Xoliqov
19 iyun 2019
Xorvatiyalik murabbiy Branko Ivankovich "Persepolis"ni tark etdi.

Endilikda ushbu mutaxassis Saudiya Arabistonining "Al Ahli" klubini boshqaradi. Ivankovich "Persepolis"ni to'rt yil davomida boshqarib, jamoani Osiyoda kuchlilar safiga qaytara oldi. Yangi mavsumdan Jidda klubida ishlaydigan murabbiy ikki yillik shartnomaga imzo chekdi. 

Branko Ivankovich qo'l ostida "Persepolis" uch marta mamlakat chempionligini qo'lga kiritdi, shuningdek o'tgan yil OCHL finalida o'ynadi. Bundan tashqari "Persepolis" bilan Eron Kubogi va Superligada ham g'oliblikni nishonladi.


Xayrulla Xoliqov Muallif
Manba: persianfootball.com