Braim Dias: "Milanda baxtliman, o'zimning eng yaxshi o'yinimni ko'rsatishda davom etmoqchiman"

Alisher
30 okt 2020, 11:07
"Milan"da ijara asosida o'ynayotgan "Real" yarim himoyachisi Braim Dias Yevropa Ligasi doirasidagi "Sparta"ga qarshi o'yindagi g'alabadan so'ng o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

Ispaniyalik futbolchi ushbu o'yinda gol urdi va "rossonerilar"ning 3:0 hisobidagi g'alabasiga yordam berdi.

"Biz jamoa sifatida juda yaxshi natijalar qayd etmoqdamiz va shu ruhda davom etishni xohlayman. Zlatan? U menga akamdek va menga ko'plab maslahatlar beradi. Jahon darajasidagi o'yinchining maslahatlari doim foydali va qadrli.

O'zimning eng yaxshi o'yinimni bunday buyuk klubda davom ettirishni xohlayman. Men bu yerda juda ham baxtliman. Endi o'z darajamga ko'proq mos kelyapman deb o'ylayman. Gol urganimdan xursandman", - deydi Dias.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: uefa.com