
Ular Vila-du-Kondedan Bragagacha bo'lgan 49 km masofani yugurib bosib o'tishdi. Xabarlarga ko'ra, Konseysau o'z jamoasi finalga chiqsa o'z yordamchilari bilan Bragaga piyoda qaytishga vada bergan.
Kecha "Braga" yarim final javob uchrashuvida "Riu Ave" bilan murosa ko'chasini tanladi (1:1, birinchi uchrashuv 3:0) va finalga yo'l oldi. "Braga" finalda "Sporting"ga qarshi kurashadi.