"Braga" "Manchester Siti" himoyachisini ijaraga oldi

Sherzod Nurmatov
21 avg 2021
"Braga" o'z rasmiy saytida "Manchester Siti" o'ng qanot himoyachisi Ian Kouto ijaraga olingani haqida xabar berdi.

Portugaliya klubi 19 yoshli futbolchini 2021/22 yilgi mavsum oxirigacha ijaraga oldi.

"Shaharliklar" braziliyalik fulbekni o'tgan mavsumda 6 million evroga sotib olib, "Jirona"ga ijaraga yuborgan edi.

 Koutoning "Manchester Siti" bilan kelishuvi 2025 yilning iyunigacha amal qiladi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: scbraga.pt