Bosh "Bayer" bosh murabbiyligidan iste'foga chiqarildi

Alisher
23 mar 2021, 15:51
"Bayer" bosh murabbiysiz qoldi.

Bu haqda "farmacevtlar" matbuot xizmati xabar bermoqda. Klub rahbariyati niderlandiyalik mutaxassis Peter Boshni iste'foga chiqardi.

Iste'fo sababi - jamoaning so'nggi o'yinlardagi omadsiz natijalari. Uning o'rniga oldin "Bayer" o'smirlar jamoasida ishlagan Xannes Volf tayinlandi, u jamoani joriy mavsum so'nggiga qadar boshqaradi.

Eslatib o'tamiz, Bosh 2018 yildan beri Leverkuzen klubida ishlab kelayotgan edi.

"Bayer" 26 turdan so'ng Bundesligada 40 ochko to'plagan holda jadvalda 6-o'rinda bormoqda. Jamoa so'nggi 5ta o'yinda 4 bor mag'lubiyatga uchradi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/bayer04fussball