"Borussiya" "Yuventus"ning ikki futbolchisini 30 million evroga xarid qilishi mumkin

Alisher
28 noya 2019, 14:24
Dortmundning "Borussiya" jamoasi qishda "Yuventus"ning ikki futbolchisini o'z tarkibiga jalb qilmoqchi.

Nemis klubi turinliklarning ikki futbolchisi, Mario Manjukich va Emre Janlarga qiziqish bildirmoqda.

Qayd etish kerakki, bu ikki futbolchi "Yuventus"ning YCHL uchun topshirgan qaydnomasi ro'yxatida yo'q.

Manjukichning transferi 10 million evrogacha bo'lgan mablag' evaziga amalga oshishi mumkin, Janniki uchun esa kamida 20 million kerak.

33 yoshli xorvatiyalik futbolchi bu mavsum umuman maydonga tushirilmadi. Jan esa A Seriyadagi 5ta o'yinda qatnashdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Sport Bild