"Borussiya" sport direktori Sanchoning keyingi mavsumdagi jamoasi nomini aytdi

Mirjalol Normatov
9 dek 2018, 11:11
Dortmundning "Borussiya"si sport direktori Mixael Corkning aytishiga ko'ra, klubdagilar 18 yoshli Jeydon Sancho bilan xayrlashmoqchi emas.

"Keyingi mavsumda ham Sancho jamoamizda qoladi. U hali juda ham yosh va ketishiga sabab yo'q.

Jeydon Angliya termasida o'ynash uchun qaysi klub yordam berishini biladi. "Borussiya" unga har tomonlama qulay klub", - dedi Cork.

Oldinroq futbolchiga "Liverpul", "Barselona" va "Manchester Siti" kabi jamoalar qiziqish bildirayotgani borasida ma'lumotlar berilgandi. Uning jamoasi bilan shartnomasi 2022 yilga qadar davom etadi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Bild