"Borussiya" "Kyoln" xavbeki Ozjanni xarid qildi. Bu dortmundliklarning to'rtinchi yangi o'yinchisi

Alisher
23 may 2022, 16:53
Dortmundning "Borussiya" klubi "Kyoln" yarim himoyachisi Salix Ozjanni xarid qildi.

24 yoshli xavbek bilan 2026 yilning yoziga qadar mo'ljallangan shartnoma tuzildi. Transfer narxi besh million evroga baholanmoqda.

Ozjan - Niko Shlotterbek, Niklas Zyule va Karim Adeyemidan so'ng "Borussiya"ning to'rtinchi yangi o'yinchisi.

Ozjan o'tgan mavsum Bundesliga doirasidagi 31ta o'yinda maydonga tushib, 2ta gol urishga erishdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: bvb.de