"Borussiya" himoyachisi "Real" va "Barselona" qiziqishlari doirasiga tushdi

Sherzod Nurmatov
22 fev 2022, 20:24
Portugaliya terma jamoasi va "Borussiya" Dortmund himoyachisi Rafael Gerreyru tez orada jamoasini o'zgartirishi mumkin.

Manbaga ko'ra, 28 yoshli futbolchiga "Real" va "Barselona" qiziqish bildirmoqda.

Futbolchining "arilar" bilan amaldagi shartnomasi 2023 yilning yoziga qadar tuzilgan.

Portugaliyalik joriy mavsumda barcha musobaqalarda 20 ta o'yinda maydonga tushib, 5 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: thehardtackle.com