"Borussiya" futbolchisi boshqa klubga o'tishi mumkin

Alisher
6 iyul 2019, 10:38
Dortmundning "Borussiya" klubi himoyachisi Jeremi Tolyan "Sassuolo" futbolchisiga aylanishi mumkin.

Xabar berilishicha, tomonlar o'zaro muzokara olib borishmoqda. Germaniyalik futbolchi esa o'zining esa roziligini aytib o'tgan.

"Agar Pol Lirola klubni tark etsa, bu transfer amalga oshishi mumkin",  - deyiladi jurnalist Di Marcioning xabarida.

24 yoshli Jeremi Tolyan yakunlangan mavsumni ijara asosida "Seltik"da o'tkazdi.

U 14ta o'yinda maydonga tushib, 1ta assist qayd etgan.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: gianlucadimarzio.com